Buxgalteriya hisobini tiklash

Buxgalteriya hisobini yuritish

“Nollik” hisobot

Hisobotlarni tayyorlash

Buxgalteriya hisobini tiklash 

Shartnomalar tahlili

Buxgalteriya hisobini tashkil qilish

Konsultativ xizmatlar 

Boshqa xizmatlar

Hisob tajribasiz buxgalter tomonidan noto`g`ri yuritilgan bo`lsa yoki umuman hisob yuritilmagan holatda buxgalteriya hisobini tiklash zarur bo`ladi. Hisobni tiklashni keyinga surish yaxshilikka olib kelmasligi mumkin. Soliq organlari tomonidan tekshiruv natijasida aniqlangan noto`g`ri hisoblangan soliqlar va ularning penyalari biznesiningizni barbod qilishi mumkin. Ushbu jarayon yetishmayotgan hujjatlarni buyurtmachi kuchi bilan tiklash orqali amalga oshirilib, buxgalteriya hisobi axborot bazasi shakllantiriladi va ish natijalari buyurtmachiga beriladi. Buxgalteriya hisobini tiklash xizmatining qiymati hujjatlarning hajmi va hisobni tiklash usuliga bog`liq. Hisobotni tiklash usuli deganda tiklashning bizning kuchimiz bilan yoki sizning xodimlaringiz tomonidan tiklanganda yordam ko`rsatish tushuniladi.