Boshqa xizmatlar

Buxgalteriya hisobini yuritish “Nollik” hisobot Qurilish tashkilotlari reytingini yaxshilash
Buxgalteriya hisobini tashkil qilish Hisobotlarni tayyorlash Konsultativ xizmatlar
Buxgalteriya hisobini tiklash Shartnomalar tahlili Boshqa xizmatlar


1. Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish va soliq rejalashtirish bo‘yicha konsalting.

Biznesni tashkil etishning dastlabki bosqichida korxonaning rivojlanish strategiyasi va biznes-rejasi ishlab chiqiladi. Unda kutilayotgan daromadlar, xarajatlar, investitsiyalar hamda moliyaviy natijalar prognoz qilinadi. Shu bilan birga, faoliyatni samarali yo‘lga qo‘yishda soliq yukini oldindan baholash muhim ahamiyatga ega.
Xizmat doirasida faoliyat turiga mos tashkiliy-huquqiy shaklni (YaT, XK, OK, MChJ, AJ va boshqalar) tanlash, amaldagi soliq rejimlari va imtiyozlarini tahlil qilish, kutilayotgan soliq yukini hisoblash hamda biznes jarayonlarini qonunchilik doirasida soliq jihatdan optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Biz mijozlarga faqat qonuniy va shaffof soliq rejalashtirish yechimlarini taklif etamiz.

2.  Buxgalteriya va moliya mutaxassislarini tanlash hamda baholash.

Mazkur xizmat korxonalar uchun malakali buxgalteriya va moliya mutaxassislarini qidirish, saralash va ularning kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarini baholashni o‘z ichiga oladi.
Xizmat doirasida bosh buxgalter, buxgalter, moliyachi va iqtisodchi lavozimlariga nomzodlarni izlash, ularning buxgalteriya hisobi, soliq hisobi va moliyaviy hisobot bo‘yicha bilimlarini test va amaliy topshiriqlar orqali baholash hamda munosib nomzodlarni tavsiya etish amalga oshiriladi.